Mutaxassislar uni dengiz suvi bilan aralashtirib, jarayonga oldindan tayyorlashdi.

Yaponiya stansiyada to'plangan, shikastlangan reaktorlarni sovitgandan keyin qolgan va radionuklidlardan tozalangan suvning ikkinchi qismini okeanga oqizishni boshladi. Ikki kun oldin suv stansiyadan 1:1200 nisbatda saqlash havzasida dengiz suvi bilan oldindan aralashtirildi.

Suvni oqizish ishlari 17 kun davom etadi. Bu vaqt ichida 7800 tonnaga yaqin suv okeanga quyiladi. 2023-moliyaviy yil oxirigacha (2024-yil 31-martda tugaydi) AESdan yana ikki marta suvni okeanga oqizish rejalashtirilgan.

Fukusimadan suvning birinchi partiyasi 24-avgustdan 11-sentabrgacha oqizilgan edi. Keyin stansiyadan uch kilometr uzoqlikda olingan suv namunalari suvning har bir litriga 10 bekkerel darajasida tritiy qayd etilgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.

Operatorning ta'kidlashicha, tritiy miqdori litriga 700 bekkerelgacha ko'tarilsa, suvni oqizish ishlari darhol to'xtatiladi.