Fukusimada radiatsiya oqishi aniqlandi

    Yaponiyaning “Fukusima-1” AESning radioaktiv chiqindi saqlanadigan omborida gel koʻrinishidagi radiativ massa topildi.

    Kompaniyaning maʼlumot berishicha, bu yerdagi konteynerlardan biri korroziyaga uchragani sababli, chiqindi sizib chiqqan. Ayni paytda AES hududidagi oʻlchov punktlari radiatsiyaning yuqori darajasi haqida xabar bermadi. Kompaniya bu haqda maʼlumot toʻplamoqda.

    2011-yilning 11-martida Tinch okeanining Tokioga yaqin hududida 9 balli yerosti silkinishlari sodir boʻlgan edi. Uning oqibatida “Fukusima-1” AESda avariya yuzaga kelgan. AES zilzila haqida ogohlantirish olishi bilan yadro reaktorlarini oʻchirib, favqulodda sovitish tizimlarini ishga tushirgan, ammo 15 metrli toʻlqin stansiya toʻsiqlarini buzib yuborgan va bir qator portlashlar va radioaktiv materiallarning chiqib ketishiga olib kelgan.

    Avariyaga maksimal 7 daraja berilgan.