Fumio Kishida Yaponiyaning 100-Bosh vaziri boʻldi

    Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytiga koʻra, Fumio Kishida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan 2 marotaba rasmiy uchrashuv oʻtkazgan.

    F.Kishida mamlakat parlamenti vakillar palatasi deputati, Yaponiya tarixida eng uzoq vaqt faoliyat yuritgan (2012-2017-yillar) Tashqi ishlar vazirlaridan biri boʻlgan.

    Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytiga koʻra, Fumio Kishida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan 2 marotaba rasmiy uchrashuv oʻtkazgan (2014-yil 16-iyul – Bishkek, 2017-yil 30-aprel - Ashxobod). Faoliyati davomida “Markaziy Osiyo+Yaponiya” hamkorlik loyihasini rivojlantirishga harakat qilgan.

    Sobiq Bosh vazir Abe Sindzoning Oʻzbekistonga dastlabki rasmiy tashrifini tashkil etishda bevosita masʼul boʻlib (2015-yil 26-oktyabr), tashrif yakuni boʻyicha imzolangan hamkorlik shartnomalarining ijrosini doimiy ravishda muhokama qilib kelgan.

    Saylovoldi tashviqotida ham Osiyo mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarni yaxshilashga eʼtibor qaratishi taʼkidlangan.