Fuqaro aviatsiyasi sohasida Fransiya bilan hamkorlik oʻrnatildi

    Transport 11 Oktabr 2023 1015

    Joriy yil 10-oktyabrda “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori Fransiya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuv davomida “Oʻzaviatsiya” agentligi va Fransiya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi oʻrtasidagi kelishuvni amalga oshirish Dasturi imzolandi.

    Shuningdek, ikki mamlakat aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida parvozlar xavfsizligini nazorat qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.