Fuqaro dori vositalarini non ichiga yashirib olib oʻtmoqchi boʻldi

    U, shuningdek, sovun qutisiga ham dori berkitgan.

    “Toshkent- AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabariga koʻra, “Islom Karimov nomidagi «Toshkent” xalqaro aeroporti» postida “Dehli-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan fuqaroning polietilen qoʻl sumkasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

    Natijada bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, sifati kafolatlanmagan, muqobil manbalarga koʻra taxminiy narxi 40 mln soʻm boʻlgan, qandolat qutisi, sovun qutisi hamda non mahsuloti ichiga yashirilgan 8 nomdagi 59 ta ampula, 97 ta flakon va 142 ta konvalyutadagi dori vositalari borligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.