Fuqaro lotereyada 184 million funt sterling yutdi

    Bu pulga Tailanddan orol sotib olsa boʻladi

    Buyuk Britaniyada yashovchi fuqaro EuroMillions lotereyasida 184 million funt sterling yutdi. The Sun nashri xabariga qaraganda, shu paytga qadar Yevropada hech kim lotereyada buncha katta mablagʻ yutmagan.

    Jek pot egasi hozircha oʻzini maʼlum qilmadi. Ammo tashkilotchilar bu pulga bemalol Tailanddagi Rangiay orolini sotib olish mumkinligini aytmoqda. Ushbu orol yaqinda 130 million funt sterlingga sotuvga qoʻyilgan.

    Buyuk Britaniyada shu paytga qadar eng katta yutuq 2019-yilda oʻynalgan edi. Oʻsha yili oʻzini kimligini haligacha bildirmagan fuqaro 170 million funt sterling yutib olgandi.