Fuqaro onlayn xaridlar bilan bog'liq firibgarlikka duchor bo'ldi

    Onlayn xaridlar bilan bog'liq firibgarlikka duch kelgan Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida yashovchi 2003 y.t., YU.M, viloyat IIBga ariza bilan murojaat qildi.

    Gap shundaki, u telegram messenjeridagi “Loro Piano” nomli guruhdan kiyim sotib olmoqchi bo'lib guruh adminstratoriga murojaat qilganligi va uning bank kartasiga bir million so'mga yaqin pulni o'tkazib berganligini, pullarni qo'lga kiritgan shaxs u bilan yozishmalarini o'chirib, uning profilini bloklab, g'oyib bo'lganligini bildirib, noma'lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni so'ragan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yo'li bilan pullarni o'zlashtirgan shaxs Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi 2005 y.t., K.R. ekanligi aniqlangan.

    K.R. ushbu jinoyatni Andijon shahar hududidan sim-karta topib olib, ushbu raqamga telegram akkaunti ochib, “Loro Piano” guruhiga a'zo bo'lganligi, shundan so'ng internet tarmog'idan turli kiyimlar suratlarini olgan holda soxta e'lon joylashtirib jabrlanuvchini ishonchiga kirib, sodir etganligi ma'lum bo'ldi.