Fuqaro oʻzganing uyini oʻziga meros qilib oldi

    Yangihayot tumanida oʻzganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.K., V.Sh. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, fuqaro I.K.ga tegishli xonadonni goʻyoki vafot etgan otasi T.K.ga tegishli ekanligi haqidagi soxta hujjatlarni tayyorlab, ushbu xonadonni oʻzlariga meros sifatida rasmiylashtirib olganliklari aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.