Qayd etilishicha, “Toshkent Xalqaro Aeroporti“ bojxonachilari tomonidan Myunxenga parvozga otlangan fuqaroda tilla piyola borligi aniqlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, Toshkentdan Myunxen shahriga uchib ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoʻl yuklari orasiga qiymati 135 mln 200 ming soʻmlik, taxminiy ogʻirligi esa 104 grammni tashkil etuvchi 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan 750 probali 1 dona piyolani yashirib olib oʻtmoqchi boʻlgan vaqtida bojxona xodimlari tomonidan toʻxtatib qolindi.