Fuqaro xorijga ketib, 3 yildan soʻng Oʻzbekistonga qaytib kelganda uning pensiya miqdori toʻliq toʻlanmaydimi?

    Ijtimoiy hayot 29 Iyun 2020 1964

    Pensiya jamgʻarmasi Axborot xizmati javob beradi:

    “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanishi belgilangan.

    Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 8-sentyabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.

    Bunda, oʻtgan davr uchun toʻlovlar bir yoʻla tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qoʻyilgan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda toʻlanadi.

    Misol uchun: Fuqaro 2016-yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketib, Oʻzbekiston Respublikasiga 2018-yilning aprel oyida qaytib kelganida,unga oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya faqat oʻtgan 12 oy uchun bir yoʻla toʻlab beriladi. Bunda, 12 oylik pensiya miqdori barcha oshirishlarni hisobga olgan holda toʻlanadi.