Fuqaroga 48 mln 466 ming so'm mablag' qaytarildi

    Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi fuqaroning avtosalon bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilinib, toʻlov qilingan pul malagʻlari qaytarib olib berildi.

    Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro J.G. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining ishonch telefoni orqali murojaat qildi.

    Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2023-yil 26-dekabrda “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” MCHJga “DAMAS” rusumli avtomobil xarid qilish uchun 48 mln 466 ming soʻm toʻlov qilgan. Oilaviy sharoiti tufayli pulga ehtiyoj boʻlib qolgani uchun ikki oʻrtada tuzilgan shartnomani bekor qilish boʻyicha joriy yilning 9-aprel kuni avtosalonga ariza bergan. Afsuski, uning murojaati ikki oyga oʻtsada, hal etilmadi.

    Raqobat qoʻmitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi vaziyatni oʻrganib, mazkur korxona haqiqatdan ham fuqaroga avtomobil uchun toʻlangan pulni qaytarishni paysalga solib kelingani aniqladi.

    “Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida, isteʼmolchi va “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” MCHJ bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, avtomobilga toʻlangan 48 mln 466 ming soʻm pul malagʻlari fuqaroga qaytarilishi taʼminlandi,” deyiladi xabarda.