Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.Ya. viloyatdagi tijorat banki filialining boʻlim boshligʻi Z.Sh. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro J.ga Zangiota tumani, “Eshonguzar” qoʻrgʻonida qurilayotgan koʻp qavatli uylardan 2 xonali uyni imtiyozli shartlar asosida navbatsiz olib berish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.