Tadbirda fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga IIB tergov tizimida ishlovchi tanishlari yordamida tergov hibsxonasida saqlanayotgan turmush oʻrtogʻi A.ga tergov va sud jarayonida yengillik qilib berishi evaziga olgan 2 900 AQSH dollaridan 2 000 AQSH dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.