

Fuqarolardan biri, Shahnoza Mirsaidova turmush o'rtog'i ishsizligi, o'g'li va kelini to'lov-shartnomasi asosida o'qishi va bir nafar farzandlari bo'lib, bola puliga ehtiyoj borligini ma'lum qildi. Tuman hokimi fuqaroning murojaati bo'yicha amaliy yordam ko'rsatilishi, shuningdek, turmush o'rtog'i tez orada ish bilan ta'minlanishini ta'kidladi.

SHuningdek, mahalla fuqarolari tomonidan oilaviy poliklinika muammosi ko'tarildi. YA'ni ma'lum bo'lishicha, fuqarolarning hozirda doimiy murojaat qilishlari uchun oilaviy poliklinikalari yo'q. Tuman hokimi Navro'z bayrami arafasida mahalla fuqarolari uchun yangi va zamonaviy oilaviy poliklinika ishga tushishini xabar qildi.

Sayyor qabulda kommunal soha bo'yicha kuzatilayotgan bir qator muammolar xususida ham so'z bordi. Xodimlar hozirda muammoni bartaraf etish maqsadida, murojaatchi fuqarolar bilan masalani o'rganish ishlarini olib borishmoqda. Bu haqda keyingi postlarimiz orqali ma'lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Tuman hokimi va hokimlik har bir fuqaroning murojaatlarini tinglash va har bir muammoni tegishli tartibda o'rganib, bartaraf etishga doim tayyor!