Bayonotga koʻra, hodisa joriy yilning 9-iyun kuni Samarqand shahar Dahbet koʻchasida sodir boʻlgan.
Fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB profilaktika inspektori S.Eshonqulov soat 22:00 larda Samarqand shahar Dahbet koʻchasidagi avtomobil yoʻlining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganini koʻrib, ularni 6-son IIBga olib borib, ularning sodir etgan qilmishini rasmiylashtirishi davomida, profilaktika inspektori va ushbu shaxslar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan (ulardan biri ayol) amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan boʻshatilgan.
Toʻplangan hujjatlar ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.