Tekshiruvda “Y.A.” MCHJ rahbari F.M. 2022-yilning yanvar-may oylarida 2 nafar fuqaroga Yaponiya va 7 nafar fuqaroga Rossiya davlatiga borish uchun qalbaki aviachiptalarni rasmiylashtirib berib, ularning jami 2 420 AQSH dollari va 20,9 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.