Tekshiruvda “B.F.” MCHJ rahbari muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan N.M. va fuqaro I.G.lar oldindan til biriktirib, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida “S.A.” AJ nomidan 27 nafar fuqaroga “Buxoro-Domodedovo” yoʻnalishi boʻyicha qalbaki aviachipta rasmiylashtirib berib, ularning jami 52,7 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.