Shu munosabat bilan mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nazoratga olindi va tashkilot rahbariyati hamda fuqarolar bilan aloqa oʻrnatilib, voqea joyiga yoʻl olindi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Manbalarning taʼkidlashicha, Rossiyaning Oryol shahrida mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga safarbarlik chaqiruvi yuborilganligi bilan bogʻliq holat rasmiylarimiz aralashuvi natijasida hal etilib, fuqarolarimizga berilgan chaqiruv qaytarib olingan.