Fuqarolarni 16 yoshdan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish tartibi joriy etiladi

    Ijtimoiy hayot 8 Fevral 2024 1271

    2024-yil 7-fevralda qabul qilingan OʻRQ-905-sonli Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, gerbli guvohnomalarda davlat gerbi va QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri mavjud boʻlishi haqidagi talab “Oila kodeksi”da mustahkamlab qoʻyildi.

    Shuningdek, “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga toʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi.

    “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:

    Belgilangan hollarda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin boʻldi.

    Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, maxsus elektron tizim vositasida vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ orqali litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi (Ilgari bunday qoida mavjud emas edi), deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati