Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumanida yashovchi 33 yoshli I.K. IIOga murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan bank kartasidan 7.500.000 soʻm pullar firibgarlik yoʻli bilan yechib, oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati, Arnasoy tumanidada yashovchi 26 yoshli X.O. sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, X.O., jabrlanuvchi I.K.ning qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini bank operatori sifatida tanishtirib, "SMS" xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritib, 7.500.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olgan va oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, X.O.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.