Fuqarolarni hisobga olishning yangi tartibi joriy qilindi

    Turizm 15 Sentabr 2020 1016

    Endilikda joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan kishilar “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinadi.

    Bundan buyon joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan barcha shaxslar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga kabi boshqa muassasalarga borganda shu muassasalar maʼmuriyati tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinishi kerak.

    Hisobga olish avvalgidek 12 soat mobaynida emas, balki ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda boʻlish muddati va kelishining davriyligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. Joylashtirish xizmatini koʻrsatuvchi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabi boshqa tashkilotlar rahbarlaridan mazkur tartibga qatʼiy rioya qilishlari soʻraladi, deb xabar beradi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.