Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning maʼlum qilishicha, Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqaro N.N. fuqarolar U.M. va I.M.larning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Koreya Respublikasiga ishga joʻnatish evaziga jami 4 100 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joʻnatish huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, boshqa shaxslarning bunga vakolati yoʻq.