Fuqarolarni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi boʻlgan bir nechta shaxs qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 1 Dekabr 2023 1248

    Samarqand shahrida yashovchi shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilib, 25 ming AQSH dollari talab qiladi.

    DXX tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlari davomida Samarqand shahrida yashovchi shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilib, 25 ming AQSH dollari talab qiladi. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

    - Pastdargʻom tumanida yashovchi shaxs Kattaqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi tanishi bilan kelishgan holda, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yoʻnalishi orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 23 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, ular oldindan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

    - Fargʻonada oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida yashovchi shaxs Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.