“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi hamda Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda

    Mamlakatimizda 11 Yanvar 2022 2183

    Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi yildagi ilk majlisi boʻlib oʻtmoqda.

    Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevning maʼlum qilishicha, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi hamda Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, Chernobil AESdagi avariya tufayli mayiblanish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, deb topilgan shaxslarga nogironlik pensiyalari tayinlash belgilanmoqda.

    Amalda Nogironlik pensiyalari I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanib kelmoqda.

    Shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda:

    boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlovlarini marhumning qaramogʻidagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi, akademik litsey va oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan boʻlsa 23 yoshga toʻlgunga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini toʻlash;

    nogironligi bolalikdan boʻlgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qoʻshib hisoblash;

    bolani parvarishlash boʻlish vaqtining hammasini jamlanganda koʻpi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qoʻshib hisoblash;

    respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan soʻng bir oy ichida pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo boʻlgan sanadan tayinlash taklif etilmoqda.

    Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.