Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi 36 yoshli (ayol) Z.K. sodir etgani aniqlangan.

Unga koʻra, Z.K., D.J. bilan "Olx .uz” platformasida eʼlon boʻyicha “Telegram” messenjerida “Zarina” nomli profilidan tanishib, u bilan konditsioner sotib olishga kelishgan va oldindan 345.000 soʻm miqdordagi pulni oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgan, soʻng yozishmalarni oʻchirib yuborib, kelishuvga koʻra, konditsionerni yetkazib bermaganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Z.K.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Z.K. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.