"Murojaatlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda turli xildagi davlat tashkilotlari orqali kelib tushmoqda", deya xabar berdi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, 2022-yilning I choragi davomida jami murojaatlar soni 393 ta bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 34 taga ko‘p yoki 109 foizni tashkil etmoqda. Shulardan 379 tasi jismoniy shaxslardan, qolgan 14 tasi yuridik tashkilotlardan kelib tushgan.

Murojaatlarning 377 tasi yoki umumiy miqdorning 96 foizi sug‘urta masalalariga oid mavzuda bo‘lib, 16 tasi yoki umumiy miqdorning 4 foizi boshqa masalalar bo‘yicha kelib tushgan.

Murojaatlarning viloyatlar kesimidagi tahlili shuni ko‘rsatadiki, jami murojaatlar soniga nisbatan Toshkent shahar, Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax hamda Buxoro viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Kelib tushgan murojaatlardan 180 ta holat bo‘yicha 1 628,3 million so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berilgan. Shuningdek, 171 ta holat bo‘yicha huquqiy va tegishli tushuntirishlar berilgan. Qolgan 42 ta holat bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini to‘lab berish yoki umuman sug‘urtaga oid bo‘lmagan masalalar yuzasidan bo‘lgan murojaatlarga asosli rad javoblari berilgan.