Fuqaroni AQSHga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Xavfsizlik 30 Noyabr 2022 893

    X.S. hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSH dollarini olayotganda qoʻlga tushdi.

    Samarqand viloyati DXX va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Maʼlum boʻlishicha, 1994-yilda tugʻilgan, Samarqand shahrida yashovchi X.S. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQSHga yuborishi evaziga 25 ming AQSH dollar soʻragan.

    Faol tadbir davomida X.S. hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSH dollarini olayotganda ushlandi.

    Ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.