Fuqaroni AQSHga yuborishga vaʼda berib, Janubiy Afrikaga joʻnatgan shaxs ushlandi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Jizzax shahrining “Xayrobod” mahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga firibgarlik boʻyicha murojaat qildi.

    Uning yozishicha, oʻgʻli M.T.ni Sharof Rashidov tumanining “Xayrobod” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Ya. Amerikaga ishlashga yuborishini aytib, 14 ming 300 AQSH dollari olgan, lekin farzandini Janubiy Afrikaga joʻnatgan.

    Oʻgʻil Afrikada chorasiz qolib ketgach, A.Ya. otasidan vaziyatni oʻnglash uchun yana 6 ming 700 AQSH dollari talab qilgan.

    Mazkur murojaat asosida tezkor tadbir oʻtkazilib, 6 ming 700 AQSH dollarini olgan A.Ya. ushlandi.

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.