Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi I.K., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida oʻzini “Sirojiddin” deb tanishtirgan shaxs Koreya Respublikasida ishlash uchun arzon narxlarda ruxsatnoma olib berishi va uni joʻnatib yuborishini bildirish orqali ishonchiga kirib, jami 19 million soʻm pullarni toʻlov tizimlari orqali oʻtkazib berishini soʻrab, pullarni olganligini, soʻng messenjerdagi yozishmalarni oʻchirib gʻoyib boʻlganligini maʼlum qilib, firibgarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxs Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi 1995-y.t., M.N. ekanligi aniqlangan.
M.N.ga nisbatan OʻzR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi vazirlik Kiberxavfsiz markazi axborotida.