Fuqaroni fohishalik qilish uchun olib ketayotgan ayol aeroportda ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Tuproqqalʼa tumani boʻlimlari tomonidan fuqaro G.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Unda fuqaro Z.L. boshqa bir fuqaro G.ni Turkiya davlatiga fohishalik qilish uchun olib ketayotgan paytida Urganch xalqaro aeroportida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.