Tezkor tadbirda, fuqaro A.S. fuqaro D.ni tanishlari yordamida 3 000 AQSH dollari evaziga “Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UKga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qoʻngʻirot sanoat texnikumi direktori M.T. 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.