Fuqaroni tepgan mahalla raisi ishdan olindi

    Ijtimoiy hayot 28 Noyabr 2022 1933

    Kuni kecha ishtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanidagi “Armugʻon” mahallasi raisi tomonidan fuqaro kamsitilgani hamda kaltaklaganligi haqida videolavha tarqaldi.

    Joriy yilning 27-noyabr kuni taxminan soat 12.30 larda 1963-yilda tugʻilgan A.Q. jamoat joyida, yaʼni Yakkasaroy tumani KXAY koʻchasida 1973-yilda tugʻilgan I.I. bilan oʻzaro kelib chiqqan ogʻzaki mojaro sababli bir marotaba orqasidan tepgan.

    Tuman hokimligi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bugun “Armugʻon” mahalla guzarida holat boʻyicha Yakkasaroy tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari O.Rixsiboyev, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvatlash boʻlimi boshligʻi I.Xaitxodjayev hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvatlash boʻlimi boshligʻinining maslahatchisi T.Sayfullayevlar ishitrokida yigʻilish oʻtkazildi.

    Aʼzam Qodirov oʻzining bajarayotgan vazifasiga nomunosib xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun 2022-yil 28-noyabrdan “Armugʻon” mahallasi raisi lavozimidan ozod qilindi.

    Shuningdek, IIBBning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan tegishli taʼsir choralari koʻrilishi taʼminlanadi.