Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “T” MFY raisi M.M. fuqaro Sh.ga imtiyozli narxlarda uy olib berishni vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan uning 23,7 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 3 mln soʻmini qaytarganligi holati protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.