Fuqaroning 90 mln soʻmini qoʻlga kiritgan MCHJ rahbari aniqlandi

    MCHJ taʼsischisi sifatida boshqa bir shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazganligi aniqlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “R.Q.” MCHJ rahbari S.Gʻ. fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, uni MCHJning taʼsischisi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish evaziga 90 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, MCHJ taʼsischisi sifatida boshqa bir shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.