Fuqaroning pensiya to'lovi qayta tiklandi

    Ba'zida fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab etish holatlari ham uchramoqda.

    So'nggi vaqtlarda fuqarolar uchun engillik yaratish, davlat organlari va fuqarolar o'rtasida byurokratik to'siqlarni olib tashlash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, ba'zi hollarda fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab etish holatlari ham uchramoqda. Jumladan fuqaro D.M. onasi M.T.ning 2020-yil sentyabr oyida to'xtatilgan pensiyasini tiklashda amaliy yordam so'rab pm.gov.uz sayti orqali yo'llagan murojaati Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o'rganib chiqildi.

    Aniqlanishicha, Sergeli tumanida ro'yxatda turuvchi fuqaro M.T.ning pensiyasi 2020 yilning iyun` oyidan ketma-ket 3 oy davomida olinmaganligi tufayli pensiya 2020 yilning sentyabr` oyidan to'xtatilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida”gi nizomning 172-bandiga ko'ra, tayinlangan pensiyani to'lash quyidagi holatlarda to'xatilishi mumkin:

    pensioner xorijiy davlatda bo'lgan va sog'lig'i tufayli O'zbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega bo'lmagan holatlarda pensioner O'zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga pensiya to'lovini tiklash yuzasidan murojaat etishi mumkin va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud emasligini, shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim.

    Ariza muallifi esa onasi M.T. Tojikiston Respublikasida ekanligini, COVID-19 infektsiyasiga chalinib sog'lig'i yomonlashganligi tufayli O'zbekiston Respublikasiga kelish imkoniyati bo'lmaganligini, shunga ko'ra, pensiyani olish uchun joriy yil fevral` oyida unga ishonchnoma yuborgan bo'lsada pensiya jamg'armasi tomonidan onasining pensiyasi tiklab berilmayotganligidan noroziligini bildirgan.

    SHu bilan birga yuqoridagi nizomning 172-bandi talabiga ko'ra, fuqaro M.T. tomonidan O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan berilgan 2021-yil 3 iyundagi 027/034-son ma'lumotnoma taqdim etilgan bo'lsada, pensiyani tiklash asossiz rad etilgan.

    Xolbuki, mazkur ma'lumotnomada O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan fuqaro M.T. Tojikiston Respublikasida pensiya va nafaqa olmayotganligini va hech qanday imtiyozlardan foydalanmayotganligini hamda COVID-19 infektsiyasidan davolanayotganligini tasdiqlagan.

    Pensiya jamg'armasi xodimlari tomonidan pensiyani tiklashda ariza muallifini sarson qilayotganligi va ortiqcha hujjat talab etayotganligi holati fuqarolarning haqli e'tiroziga sabab bo'lmoqda. SHunga ko'ra, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaroning 2020 yil sentyabr` oyida to'xtatilgan pensiyasi tiklandi va to'lanmay kelgan pensiya summasini to'lash oktyabr` oyi to'lov ro'yxatiga kiritildi.

    Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi