Furkat Siddiqov AQSHning Oʻzbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Pol Politesni qabul qildi

    Xalqaro hamkorlik 22 Dekabr 2022 832

    2022-yil 21-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furkat Siddiqov AQSHning Oʻzbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Pol Politesni qabul qildi.

    Uchrashuvda 2022-yil 13-dekabrda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yigʻilishi yakunlari, taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Amerika hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama etildi.

    2022-yilgi Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yakunlari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuv yakunida yaqin aloqalarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, shuningdek yaqin kelajakda qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish rejalari kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.