Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Amerika strategik sherikligining ayrim masalalari muhokama etildi.
Iqtisodiy diplomatiyani, shu jumladan “B2G” shaklida jadallashtirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi rejalashtirilgan tadbirlar va tashriflar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari koʻrib chiqiladi.
Elchi Amerika tomonining Oʻzbekistonga islohotlar dasturini amalga oshirishda, shu jumladan USAID doirasida yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.