Bu haqda uning o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.

«Bugun men elchi, protokol boshlig‘i Rufus Gifford bilan uchrashdim va ishonch yorliqlari nusxasini taqdim etdim. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq yillik mustahkam ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish yo‘llari yuzasidan samarali suhbatlashdik», – deb yozadi Furqat Sidiqov.