Furqat Sidiqov Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 6 Oktabr 2022 1302

    2022-yil 5-oktyabrda kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.

    Suhbat chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda Oʻzbekiston–Saudiya Arabistoni munosabatlarini kengaytirish holati va istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

    Tomonlar Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari boʻyicha vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqdilar.

    Uchrashuvda, shuningdek, ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.