Qabuldan keyin tuman hokimi mazkur xonadonda boʻlib, ularning yashash sharoitini yaqindan oʻrgandi. Maʼlum boʻlishicha, oila sohibi bir necha yillardan buyon xorijda. Ammo farzandlarining moddiy taʼminoti uchun yetarli mablagʻ joʻnata olmaydi.
Shu bois, Nargiza Temirova ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan ikki xonali abgor uyda umrguzaronlik qiladi.
Shu tariqa tuman hokimligi tashabbusi bilan mazkur oila uchun uch xonali yangi, shinam uy qurib bitkazildi. Subsidiya asosida tikuv mashinasi, sogʻin sigir, farzandlari uchun kiyim-bosh, moddiy yordam puli, oziq-ovqat mahsulotlari ajratildi.
Yurtimizda oʻzaro mehr, oqibat, xayr-saxovat shukuhi hukmron boʻlgan shu kunlarda Temirovlar oilasiga yangi uy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.