DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi surati
Davlat xizmatlari agentligi mablagʻlari hisobidan qurilayotgan ushbu ikki qavatli binodan Davlat xizmatlari markazi bilan birgalikda tumanning adliya hamda FHDYO boʻlimlari ham joy oladi.
Ilk poydevor qoʻyish marosimiga bagʻishlangan tadbirda DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi vakillari boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda tuman faollari ishtirok etdi.
Poydevor qoʻyish marosimida “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi usta naqqoshi – Oʻzbekiston Xalq ustasi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Muhammadali Yunusov boshchiligidagi faollar ishtirok etdi.
Kunning ikkinchi yarmida Tojikiston sarhadlariga yondosh hudud Beshariq tumanida ham 19-Davlat xizmatlari markazi yangi binosiga tantanali poydevor qoʻyish marosimi tashkil etildi. Tadbirda DXA viloyat boshqarmasi hamda tuman hokimligi vakillari, faollar jam boʻldi. Davlat xizmatlari agentligining mablagʻlari evaziga qad rostlayotgan Davlat xizmatlari markazining yangi binosidan yaqin kunlarda “Oʻtgan kunlar” romani qahramoni Yusufbek hoji aytganidek, “Bu dargohdan hech kim norizo boʻlib ketmaydi”. Anʼanaviy arxitektura va jahon meʼmoriy dizayni bilan uygʻunlikda qurilayotgan markazda barcha qulayliklar yaratiladi.
Bir soʻz bilan aytganda, har ikki tumanlar markazida, aholi uchun qulay hududda davlat xizmatchilari hamda fuqarolar uchun ham barcha sharoitlarga ega boʻlgan markaz binosi koʻp yillar xalqimizga beminnat xizmat qilishni boshlaydi, deb xabar beradi DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.









