Loyihaning maqsadi — Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (YOSTZ)ni tashkil etish tashabbusini ilgari surish va yoshlarning o'z biznes loyihalarini amalga oshirishga jalb etishdan iborat.
Ushbu tashabbus O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq hayotga tatbiq etilmoqda va hududlarning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsiyalarni joriy qilishni rag'batlantirish hamda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va yangi ish o'rinlari yaratish orqali ular bandligini oshirishga qaratilgan.
Loyiha 18 dan 30 yoshgacha bo'lgan, o'z biznesi haqida g'oyaga ega, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlang'ich kapitalga ega bo'lmagan yigit-qizlarga mo'ljallangan. YOSTZlar yigit-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun maydon bo'lishga mo'ljallangan. Ularning hududida zarur infratuzilma ta'minlanadi va yoshlarning o'z loyihalarini amalga oshirish hamda innovatsion g'oyalar asosida ishlab chiqarish tarmoqlarini yo'lga qo'yishlari uchun barcha shart-sharoit yaratiladi.
Mamlakatimizda jami 219 ta YOSTZ yaratiladi. Ularning umumiy maydoni 805,6 gektarni tashkil etadi. Shu bilan birga, hozirda 185 ta shunday zona yaratilib, ularning hududida dastlabki loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Yosh tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million dollar ajratildi.
“Fursat” loyihasiga qanday a'zo bo'lish mumkin?
Agar sizda o'z biznesingizni boshlash uchun g'oya yoki tayyor biznes-reja mavjud bo'lsa, www.fursatloyiha.uz veb-sayti yoki @fursatloyiha_bot telegram-boti orqali ariza yuboring. Arizangiz o'rganilib, tasdiqlanganidan so'ng, yetti yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bundan tashqari, sizga viloyatingizdagi YOSTZ hududida ishlab chiqarish uchun 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin.
Agar sizda biznes-reja bo'lmasa, “Loyihalar fabrikasi” biznes-inkubatorlarining tajribali mutaxassislari uni ishlab chiqish uchun sizga barcha zarur yordamni ko'rsatadi.
Ma'lumot uchun telefon: +99871 238-52-21
“Fursat” loyihasining ishtirokchisi bo'l! Imkoniyatni qo'ldan boy berma!