Futbol bo'yicha Daniya chempionati davom ettiriladigan bo'ldi

    Sport 12 May 2020 839

    Koronavirus sabab to'xtab qolgan futbol bo'yicha Daniya chempionati o'yinlari 28 maydan davom etadi. Daniya superligasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, uchrashuv muxlislarsiz o'tkaziladi.

    CHempionat pandemiya sabab 9 mart kuni to'xtatilgan edi. Superliga tugashiga ikki tur qolgan. SHuningdek, avvalroq qoldirilgan bitta uchrashuv ham bor.

    Ayni paytda Daniyada 10,5 mingdan ortiq kishi COVID-19 infektsiyasini yuqtirib olgan. 8,3 mingdan ziyod inson kasallikdan tuzaldi. 500 nafardan ortiq kishi esa pandemiya sabab vafot etdi.

    eslatib o'tamiz, Evropada asta-sekin sport musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berilmoqda. Jumladan, Germanidagi Bundesligasi bahslariga ham 16 maydan start beriladi.

    Angliya hukumati esa 1 iyundan mamlakatda barcha professional sport musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berdi. Faqat bellashuv hamda musobaqalar muxlislarsiz o'tkazilishi shart etib belgilandi.