Futbol bo'yicha jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelinadi

    Kubok taqdimotida jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol kabi yulduzlar ham ishtirok etishi mumkin.

    Joriy 2022-yilda Qatar yashil maydonlarida futbol bo'yicha Jahon chempionati o'tkaziladi. An'anaga muvofiq, jahon chempionati kubogi Mundial oldidan dunyoning 51 mamlakati bo'ylab sayohatga chiqadi. O'zbekiston ham “FIFA World Cup™ Trophy Tour bu Coca-Cola” loyihasini o'zida qabul qiladi.

    O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, FIFA, O'FA hamda “Coca-Cola” muxlislar uchun festival tashkil etish, futbol bo'yicha jahon chempionati kubogini ko'rish imkoniyatini taqdim etish borasidagi o'zaro hamkorlikka erishishgan. Ushbu taqdimot joriy yilning 6 iyun kunida bo'lib o'tadi. Kubok taqdimotida jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol kabi yulduzlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

    Ma'lumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabriga qadar davom etadi.