FIFA futbol bo'yicha kelgusi yili Peruda o'tkaziladigan o'smirlar (U17) o'rtasidagi va Indoneziyada o'tkaziladigan yoshlar (U20) o'rtasidagi jahon chempionatlarini kechiktirishga qaror qildi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Futbol assotsiatsiyasi saytidagi xabarda aytilishicha, ushbu chempionatlar 2023 yilda o'sha mamlakatlarda bo'lib o'tadi.
eslatib o'tamiz, o'smirlar o'rtasidagi amaldagi jahon chempioni Braziliya terma jamoasi hisoblanadi. YOshlar o'rtasidagi so'nggi jahon chempionatida esa ukrainalik yosh futbolchilar g'olib chiqishgan.