Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “CAFA Nations Cup” turnirida “A” guruhidan joy oldi

    Sport 4 Iyul 2025 835

    Shu yilning 29-avgustdan 8-sentyabrigacha Oʻzbekiston va Tojikiston yashil maydonlarida futbol boʻyicha “CAFA Nations Cup” turniri boʻlib oʻtadi.

    Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotiga koʻra, bu gal “CAFA Nations Cup” qatnashchilari soni yana ikkitaga koʻpaydi. Jumladan, musobaqada mehmon sifatida Malayziya va Oʻmon terma jamoalari ishtirok etadi.

    Kecha mazkur musobaqaga qurʼa tashladi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi. Bosh jamoamiz mazkur guruhda Qirgʻiziston, Turkmaniston va Oʻmon bilan bahs yuritadi. “B” guruhida esa Tojikiston, Eron, Afgʻoniston va Malayziya oʻzaro oʻynaydi.