Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari uchun terma jamoaning yakuniy tarkibini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga tayanib gazeta.uz.

Terma jamoa tarkibida 23 yoshgacha boʻlgan (2001-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan) futbolchilar ishtirok etadi. Terma jamoa arizasiga koʻra ushbu yoshdan katta 3 nafar futbolchi (Eldor Shomurodov, Oston oʻrunov va Xusniddin Aliqulov) kiritilishi mumkin.

Roʻyxatga 22 nafar futbolchi kiritilgan (18 — asosiy, 4 — zaxira):

  1. Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”);
  2. Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);
  3. Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”);
  4. Abduqodir Xusanov (“Lans”);
  5. Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”);
  6. Saidzamat Mirsaidov (“Olimpik”);
  7. Xusniddin Aliqulov (“Rizespor”);
  8. Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”);
  9. Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);
  10. Ibroximxalil Yoʻldoshev (“Qayrat”);
  11. Abdurauf Buriyev (“Paxtakor”);
  12. Bexruz Asqarov (“Paxtakor”);
  13. Jasur Jaloliddinov (“Neftchi”);
  14. Ibrohim Ibrohimov (“Paxtakor”);
  15. Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”);
  16. Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
  17. Ruslan Jiyanov (“Navbahor”);
  18. Alisher Odilov (“Olimpik”);
  19. Oston Oʻrunov (“Persepolis”);
  20. Abbosbek Fayzullayev (“SSKA Moskva”);
  21. Eldor Shomurodov (Roma);
  22. Husain Norchayev (“Neftchi”).

Markaziy himoyachi Alibek Davronov jarohati sabab tarkibga kiritilmadi.