Futbol: bunaqasi hali boʻlmagan

    JCH-2030ga uchta qitʼa mezbonlik qiladi

    FIFA kengashining kecha boʻlib oʻtgan yigʻilishida 2030-yilgi jahon chempionatini ariza topshirgan barcha mamlakatlarda, yaʼni uchta qitʼadagi oltita mamlakat – Marokash, Ispaniya, Portugaliya, Urugvay, Argentina va Paragvayda oʻtkazishga qaror qilindi.

    Turnirning ochilish oʻyini Urugvayda, final oʻyini esa Madriddagi “Santyago Bernabeu” oʻyingohida tashkil etiladi. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, futbol boʻyicha birinchi jahon chempionati 1930-yilda Urugvayda boʻlib oʻtgan. 100-yildan soʻng ushbu mamlakat yana chempionat ochilishiga mezbonlik qilyapti.

    Chempionatning aksariyat oʻyinlari Marokashda, Ispaniyada va Portugaliyada boʻlib oʻtadi. Janubiy Amerika qitʼasida uchta oʻyin tashkil etiladi. Urugvaydan tashqari Argentina va Paragvay ham guruhdagi dastlabki oʻyinini oʻz muxlislari qarshisida oʻtkazadi.