Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va PFL 2022-yilgi futbol mavsumi yakunlariga koʻra, yil laureati boʻlishga daʼvogar nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlishga nomzodlar:

- Temurxoʻja Abduholiqov (“Qizilqum”)
- Bobur Abduholiqov (Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Energetik-BGU”)
- Husniddin Aliqulov (Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Nasaf”)
- Otabek Shukurov (Oʻzbekiston milliy jamoasi hamda “Sharja”, “Fatih Karagumryuk”)
- Eldor Shomurodov (Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Roma”)
- Jamshid Iskanderov (“Navbahor”)
- Jaloliddin Masharipov (Oʻzbekiston milliy jamoasi va “An-Nasr”)
- Sardor Sobirxoʻjayev (Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Paxtakor”)
- Ibrohimhalil Yoʻldoshev (Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Nijniy Novgorod”)
- Igor Sergeyev (Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Tobol”)
- Hojimat Erkinov (Oʻzbekiston milliy va U-23 terma jamoasi, “Paxtakor” hamda “Torpedo”)
- Jasur Hasanov (“Soʻgʻdiyona”)

Yilning eng yaxshi murabbiyi boʻlishga nomzodlar:


- Roʻziqul Berdiyev (“Nasaf”)
- Samvel Babayan (“Navbahor”)
- Timur Kapadze (Oʻzbekiston U23 terma jamoasi va “Olimpik”)
- Maksim Shaskix (“Paxtakor”)

Yosh yulduz boʻlishga nomzodlar:

- Abbosbek Fayzullayev (Oʻzbekiston U23 va U20 terma jamoalari va “Paxtakor”)
- Umarali Rahmonaliyev (Oʻzbekiston U20 terma jamoasi va “Bunyodkor”)
- Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (Oʻzbekiston U20 terma jamoasi va “Olimpik”)
- Xislat Xalilov (Oʻzbekiston U20 terma jamoasi va “Soʻgʻdiyona”).

Yil eng yaxshilarini taqdirlash marosimi 26-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.