Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Bahodir Boyjonovich Davlatov 1964-yilning 15-iyul kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tugʻilgan. U futbolchilik faoliyati davomida 1981-1991-yillar oraligʻida Sirdaryoning “Yangiyer” klubi safida himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Bahodir Davlatov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Toshkent viloyatining “Metallurg” klubi murabbiylar shtabi aʼzosi sifatida faoliyat yurgan.
Maʼlumot uchun, Bahodir Davlatov 2011-yilda Meksika maydonlarida oʻtkazilgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bobur Davlatovning otasi hisoblanadi.
Bahodir Davlatovning akasi Bahrom Davlatov ham sobiq professional futbolchi hisoblanib, faoliyati davomida Muborakning “Mashʼal”, Qarshining “Nasaf” hamda Toshkentning “Paxtakor” klubida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.